Beeline Business “3G Wi-Fi router Bilayn”ni taqdim qiladi
21.03.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) Internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunadan ulanishning yangi imkoniyatini taqdim qiladi.

“Individual foydalanish uchun mo‘ljallangan USB-modemdan farqli ravishda, 3G Wi-Fi router Internentga bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunadan ulanishning imkonini beradi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Erkin Achildiev. – Uning yordamida hatto yo‘lda, tok manbaiga ulanmagan holda ham osonlik bilan hamkasblaringiz uchun Internetga chiquvchi Wi-Fi lokal tarmog‘ini tashkil qilish mumkin”.

Mobil “3G Wi-Fi router Bilayn” GPRS/EDGE/UMTS/HSDPA uyali tarmoq signalini qabul qiladi va uni Wi-Fi orqali tarqatadi. Undagi litiy-polimerli batareya routerni yo‘lda, tok manbaidan uzoq bo‘lgan joylarda ishlatish imkonini beradi.

Uskunaning texnik xossalari:

• GSM/GPRS/UMTS 850/900/1800/1900/2100/900 MGs tarmoqlari qo‘llaniladi
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha, yetkazish – 5,76 Mbit/s gacha
• 5 ta uskunaga simsiz Wi-Fi 802.11.b/g router: kompyuter, smartfon, planshet, o‘yin ilova va shu kabilar
• USB 2.0 port
• Ma’lumotlarni shifrlash: WEP, WPA, WPA2
• 32 Gb gacha bo‘lgan MicroSD kartalari qo‘llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Akkumulyator yordamida 6 soatgacha avtonom ishlaydi
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorisi qo‘llaniladi
• Hajmi: 98,5 x 54 x 13,9 mm
• Og‘irligi – 80 g.

Uskuna faqatgina “Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlatishga mo‘ljallangan. Ulanish bahosi – $192. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq