“Ooo! Bonus!” aksiyasi – har hafta bayram

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Ooo! Bonus!” aksiyasini o‘tkazmoqda. Endilikda “O!” tarifiga ulangan abonentlar balanslarini shanba va yakshanba kunlari istalgan summada to‘ldirganlarida to‘lov summasining yarmini qo‘lga kiritadilar. Bonus tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar, SMS hamda mobil Internet uchun sarflanadi.

“Abonentlarimiz ushbu aksiya doirasida mutlaqo bepul qo‘ng‘iroq qilishlari, SMS jo‘natishlari va Internetdan foydalanishlari mumkin, — voqeani sharhlaydi Unitelning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov. – Bahor – sovg‘alar davri va biz “Bilayn” mijozlariga har hafta bayramni tuhfa qila olamiz”.

Bonus hisobni istalgan summaga to‘ldirishda taqdim etiladi. Bir martalik to‘lovda bonusning maksimal summasi $5 ni tashkil qiladi. Bonus balans to‘ldirilgan kunning oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Aksiya 2012 yil 30 iyunga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system