O‘zbekistonda “Bilayn” 2011 yilni asosiy ko‘rsatkichlarni ikki xonali o‘sish bilan yakunladi

O‘tgan yilda “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 277 mln AQSH dollarini tashkil qildi. IV chorakda mobil ma’lumotlar yetkazish xizmatlaridan tushgan daromadning jiddiy o‘sishi fonida barcha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy dinamika bilan bir qatorda abonent bazasining o‘sishi davom etdi (2010 yilning xuddi shu davriga nisbatan 151% ga).

13 mart kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlaridan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) 2011 IV chorak uchun moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2010 yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan (51 mln. AQSH dollaridan) 35% o‘sib, oktabrdan dekabrga qadar 80 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bunda daromadning yillik ko‘rinishdagi o‘sishi 32%ni tashkil qildi (2010 yildagi $210 mln.ga nisbatan $277 mln.).

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) 2010 yilning IV choragiga nisbatan 54% ga o‘sdi ($21 mln. dan $33 mln.gacha). Bir vaqtning o‘zida operatsiyalar yildan yilga besh foizli punktdan ko‘pga oshdi.

Yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda “Bilayn” mobil aloqa abonentlarining soni olti millionlik ko‘rsatkichdan oshib, 6 361 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, oktabr-dekabr oylarida abonent shartnomalari sonining o‘sishi 673 000 tani tashkil qildi (+11,8%).

Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) IV chorakda $4 darajadi qoldi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) yil davomida 14% ga oshdi (2010 yil oxiridagi 403 daqiqaga nisbatan 458 daqiqa).

“VimpelKom”ning 2011 yildagi birlashgan foydasi yillik ko‘rinishda 7%ga oshib, 23,464 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. To‘g‘rilangan EIBDA 9,363 milliard AQSH dollari miqdorida belgilandi, EBITDA birlashgan marjasi esa 39,9%ni tashkil etdi.

“2011 yil kompaniyamiz uchun alohida davr bo‘ldi, chunki aynan o‘tgan yilda biz “Bilayn” brendining O‘zbekiston bozorida besh yillik faoliyatini nishonladik. Biz nafaqat daromad bo‘yicha bozor ulushini jiddiy ravishda ko‘paytirishga, balki 3G tarmog‘ini 130 ta aholi punktlarida ishga tushirib hamda LTE texnologiyasini tatbiq qilishni boshlab, biznesni yangi sifatiy darajaga olib chiqishga erishdik. Shubhasiz, bu ishlar katta investitsiyalarni talab qildi: o‘tgan yilda bizning kapital xarajatlarimiz 219 million dollarni tashkil qildi va biz kelajakda ham telekom bozori juda dinamik rivojlanayotgan O‘zbekistonda keyingi jiddiy va uzoq muddatli qo‘yilmalarni rejalashtirmoqdamiz”, – yil yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system