“Bilayn” Fransiya va Chexiyada CAMEL-roumingni rivojlantirmoqda
29.02.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) CAMEL-rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Bouygues Telecom (Fransiya) va T-Mobile (Chexiya) kompaniyalari bilan hamkorlik qilish bitimlari imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “CAMEL-rouming safarlarda juda qulay, chunki u oldindan kafolatli to‘lovsiz amal qiladi. Birinchi raqamli rouming-operator mavqei bizga aktiv rivojlanish majburiyatini yuklaydi va biz doimiy ravishda “Bilayn”ning ushbu yo‘nalishdagi rouming-operatorlari ro‘yxatini kengaytirib bormoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Unitel abonentlari uchun uchun CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda “Bilayn” aloqa xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq