Toshkentda yana 138 ta uy sekundiga 100 Megabitgacha Internet tezlikka ega optik tolali tarmoqqa ulandi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 100 Mbit/s gacha tezlikda ulanishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ining optik tolali tarmog‘ining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Poytaxtning Yunusobod tumanining 11, 15 va 16 dahalarida joylashgan 138 ta uyda istiqomat qiluvchilar uchun endilikda FTTB (Fiber To The Building – Uyga optika) texnologiyasi amal qiladi.

“Deyarli barcha imkoniyati bo‘lgan texnologiyalar vositasida internetlashtirish – bu aynan “Bilayn” boshqa operatorlardan farqlovchi tomonidir, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bizning optik tolali tarmoqlarimiz eng yuqori tezliklardan boshlab, to TAS-IX zonasining saytlari hamda “Bilayn”ning lokal portallaridan limitsiz foydalanish imkoniyatlarigacha bo‘lgan ko‘plab afzalliklarga ega. FTTB tarmog‘ini kengaytirish ishlari davom etmoqda va yaqinda biz qurilishning yangi bosqichlari haqida xabar beramiz”.

FTTB “Bilayn” tarmog‘iga ulangan uylar:
• 11 daha: №№ 1-10, 15-16, 19-22, 25-26, 29-31, 33-34, 37-42, 45-47, 49-52, 54-60
• 15 daha: №№ 1-19, 22-40, 42-51, 51A, 52-66, 70-76, 78-82
• 16 daha: №№ 1-2, 4-19, 28

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system