“Bilayn”ning korporativ mijozlariga Samsung Galaxy S II taklif qilinadi
22.02.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Samsung Galaxy S II telefonlari savdosi qayta boshlanganligi haqida xabar beradi. Endilikda ular $825 narxda korporativ mijozlarga taklif qilinadi.

“Madomiki, mazkur model Samsung telefonlarining savdosi boshlangan paytda katta talabga ega bo‘lgan ekan, biz bu yilda ham uskunalarning navbatdagi partiyasini yetkazib berishga qaror qildik, – voqeani sharhlaydi Unitel MCHJ Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Samsung Galaxy S II xaridorlariga taqdim qilinayogan bonuslar esa ushbu taklifni yanada jozibaliroq qilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, telefon xarid qilinganda quyidagi bonuslar taqdim qilinadi: “oltin” raqam, Beeline Clubning Platinum darajali imtiyozli kartasi va yarim yil mobaynida har oyda 100 Mb internet-trafik.

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq