“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” – bir vaqtning o‘zida Internetga bir nechta uskunadan simsiz ulanish!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Internet tarmog‘iga simsiz keng polosali ulanish uchun yangi – “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” uskunasini taqdim qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Internet-texnologiyalarning shiddatli taraqqiyoti yangi yechimlarni talab qiladi va “Bilayn” bozorning innovatsion yetakchisi sifatida ularni o‘z abonentlariga taklif qiladi. “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” – bu haqiqatan ham arzon narxdagi mobil Internet hisoblanadi”.

Agarda abonent USB-modem xarid qilib bo‘lgan va unga Wi-Fi-router kerak bo‘lsa, u holda “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” – bu aynan kerakli narsa. Internetda ishlashni boshlash uchun USB-modemni shunchaki “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” portiga qo‘yish lozim va Wi-Fi-router hech qanday sozlovlarsiz ishlashga tayyor. “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” to‘plamiga 3G Wi-Fi USB-dock, abonent ma’lumotnomasi, kafolat taloni va zaryadlash uskunasi kiradi.

Uskunaning texnik xarakteristikalari:
• HSUPA/HSDPA/UMTS (850/1800/2100MGs) va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) qo‘llaniladi
• Bitta yuqori tezlikdagi USB 2.0 port
• 14,4 Mbit/s gacha tezlik qo‘llaniladi
• Ikkita RJ45 Ethernet-port
• IEEE 802.11b / g. WLAN ulanish nuqtalari (xavfsizlik WEP/WPA/WPA2 qo‘llaniladi)
• RX Diversity
• Server va DNS-proksi
• Lokal boshqaruv uchun WEB-interfeys
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorilar qo‘llaniladi
• 50 metracha amal qilish radiusi
• Hajmi: 93 ? 70 ? 25 mm
• Og‘irligi: 83g

“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” faqatgina “USB-modem Bilayn” istalgan modeli ulangan holatda ishlaydi. Modelning narxi – 245 000 so‘m. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system