Samsung Galaxy S II yana “Bilayn” savdo ofislarida!
15.02.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Samsung Galaxy S II telefonlari savdosi qayta boshlanganligi haqida xabar beradi. Endilikda u kompaniya ofislarida 1 799 000 so‘mdan sotilmoqda.

“Bu Samsung Galaxy qatorining flagmanli premium-modeli, uni o‘tgan yilning kuzidan boshlab sotib kelamiz, – qayd qildi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Mazkur smartfon ko‘plab ekspertlar tomonidan bir necha parametrlari bo‘yicha dunyoda eng zo‘r deb tan olingan va biz uni “Bilayn” abonentlariga taklif eta olganimizdan xursandmiz. Galaxy S II ga bo‘lgan yuqori yangi yil oldi talab sotuvda tanaffusga olib keldi, biroq Samsung kompaniyasi bilan hamkorlik qisqa muddatlarda apparatlarning navbatdagi partiyasini yetkazilishi imkonini berdi”.

Eslatib o‘tamiz, telefon xarid qilinganda quyidagi bonuslar taqdim qilinadi: “oltin” raqam, Beeline Clubning Platinum darajali imtiyozli kartasi va yarim yil mobaynida har oyda 100 Mb internet-trafik. Telefon “O!” tarif rejasi bilan kompektda sotiladi.
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq