Nashrga topshirildi №3

Arxivlar

Hamjamiyatlar

Forumda muhokama qilish Biz Facebookda Biz Twitterda

Otdohnem.uz Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi

10.02.2012. Muallif:
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) www.otdohnem.uz yaxshi dam olish bo‘yicha internet-magazinining Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Gold va Platinum imtiyozli kartalari mijozlarga aeroportga va aeroportdan bo‘lgan transfer uchun 100% lik chegirmani kafolatlaydi.

“Ko‘plab turistik korxonalar Beeline Clubga qiziqish bildirmoqdalar va biz Otdohnem.uz kabi yirik o‘yinchining dasturimizda ishtirok etishidan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Kompaniyamiz uchun innovatsion yechimlar va Internetda biznesni rivojlantirish juda muhim. Bu borada yangi hamkorimiz birinchilardan hisoblanadi”.

Otdohnem.uz viza bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash ishlarini taqdim qiladi va Avstriya, Shveysariya, Fransiya hamda Yevropaning boshqa mamlakatlariga qishki tog‘-chang‘i, Tailand, Malayziya, Bali oroli (Indoneziya), Xanyan (Xitoy), Dubay va Sharja (Birlashgan Arab Amirligi), Goa (Hindiston) va Maldiv orollariga plyaj sayohatlarini taklif qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.otdohnem.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Добавить в Twitter Добавить в LiveJournal Поделиться в FaceBook Опубликовать ВКонтакте Добавить в Мой Мир Сказать в Одноклассниках Поделиться Otdohnem.uz Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi на Google+
Orphus system