Zo‘r-Zo‘r TUN hamda Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatlarining amal qilish muddati uzaytirilmoqda
09.02.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) noyob Zo‘r-Zo‘r TUN hamda Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatlarining amal qilish muddati uzaytirilganligi haqida xabar beradi. 2012 yil 31 martga qadar Zo‘r-Zo‘r ommaviy tarif abonetlari uchun nafaqat limitsiz tungi qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMSlar, balki 00:00 dan 07:00 gacha eng ommalashgan beshta ijtimoiy tarmoqlarda cheklanmagan muloqot amal qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Zo‘r-Zo‘r ilgaridagidek “Bilayn”ning eng ommalashgan tariflaridan biri bo‘lib qolmoqda, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan aktiv foydalanuvchi yoshlar orasida. Aynan shuning uchun biz ushbu omaviy takliflarning amal qilish muddatini uzaytirishga qaror qildik”.

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmati bilan Zo‘r-Zo‘r tarifi abonentlariga 00:00 dan 07:00 gacha tarif ichida limitsiz qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMSlar, shuningdek “Odnoklassniki”, “Vkontakte”, “Moy Mir”, Facebook hamda Twitter ijtimoiy tarmoqlarining mobil, WAP- va PDA-versiyalarida cheklanmagan muloqot amal qiladi. Xizmatadan foydalanish abonent to‘lovi – sutkasiga $0,01.

Zo‘r-Zo‘r TUN xizmati Zo‘r-Zo‘r tarifi ichidagi ikki barobar kam abonent to‘lovi – sutkasiga $0,005 bo‘lgan telefon so‘zlashuvlaridan tashqari barcha huddi shu bonuslarni ko‘zlaydi.

Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatini yoqtirish kodi – *110*77#. Zo‘r-Zo‘r TUN xizmatini yoqtirish kodi – *110*88#. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq