“Bilayn” Huawei yechimi asosidagi 4G LTE tarmog‘ining imkoniyatlarini namoyish qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) LTE (Long Term Evolution) protokoli bo‘yicha ishlaydigan to‘rtinchi avlod mobil tarmog‘ining sinov ekspulatasiyasi yo‘lga qo‘yilganligini e’lon qiladi. “Bilayn” 4G tarmog‘i uchun uskunani Huawei Technologies Co., LTD kompaniyasi yetkazib berdi.

“O‘zbekistonda telekom-bozor dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlariga nisbatan tezroq rivojlanmoqda va “Bilayn” LTE tarmog‘ining ishga tushirilishi – buning navbatdagi tasdig‘i hisoblanadi, – qayd qildi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – “Vimpelkom” global oilasi 4G tarmoqlarni ishga tushirish borasida tajribaga ega va biz undan nafaqat foydalanishni, balki uni boyitishni istaymiz. “Bilayn” innovatsion operator bo‘lgani holda keyinchalik ham respublika aholisiga yuqori siftali ilg‘or xizmatlarni taqdim qiladi”.

LTE texnologiyasi – bu uchinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kunda 4G 100 Mbit/s atrofidagi maksmal tezlikda 20-80 Mbit/s orasidagi keng polosali mobil xizmatlar tezligini ta’minlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Huawei Tech Investment Tashkent XK MCHJ direktori, janob Van Ifan shunday dedi: “Huawei va “Bilayn”ni uzoq yillik hamkorlik aloqalari bog‘laydi: ko‘p yillar davomidagi hamkorlikda biz tomonimizdan O‘zbekiston aholisiga ishonchli va sifatli aloqani ta’minlagan 2G va 3G tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Shu munosabat bilan biz Huawei ma’lumotlar yetkazish mobil tarmoqlari sohasida ilg‘or texnologiya – LTE yechimining yetkazib beruvchisi qilib tanlab olinganidan alohida g‘urur va minnatdorchilikni his qilamiz. 4G tarmog‘ining yo‘lga qo‘yilishi “Bilayn” foydalanuvchilariga Internetga yanada katta tezlikda ulanish hamda mutlaqo yangi abonent xizmati va servislarini joriy qilish imkoniyatini beradi”.

Bugun “Bilayn” 4G tarmog‘i Toshkentning markaziy tumanlarini qamrab olgan va kompaniyaning rejalarida – LTE qamrovini poytaxt bo‘yicha, keyinchalik esa – O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab kengaytirish turibdi. Matbuot anjumanida ishtirok etgan, 2010-2011 yillarda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bosh hakami Sergey Shirxo‘jaev mobil Internet taraqqiyotining istiqbollarini shunday baholadi: “E-sportdagi zamonaviy tartiblar Tarmoqqa keng polosali ulanishni taqozo qiladi va tezkor ma’lumotlar almashinuvi mazkur holatda o‘ta muhim. “Bilayn” bugun namoyish qilgan LTE texnologiyasi hatto mobil uskunalarda turli murakkab kompyuter o‘yinlarni o‘ynash imkonini beradi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system