“Bilayn”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori etib Abay Kolanov tayinlandi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Abay Kolanov Unitelning hududiy rivojlantirish direktori lavozimiga tayinlanganligi haqida e’lon qiladi. U bu lavozimda ilgari ishlagan, O‘zbekistonda faoliyatini 2011 yil 16 dekabr kuni yakunlagan Sergey Zakuraevning o‘rniga tayinlandi. Sergey Vimpelcom Ltdda o‘z faoliyatini Gruziyada “Bilayn” Bosh direktori sifatida davom ettirdi.

“Bugun hududiy filiallarining oldida ma’lumotlarni yetkazish sohasida yetakchilikni mustahkamlash bo‘yicha prinsipial yangi vazifa turibdi, – tayinlashni sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – O‘tgan yil O‘zbekistonda 3G tarmog‘ining jo‘shqin rivojlanishi belgisi ostida o‘tdi va bugun u bilan mamlakatning 130 dan ortiq shahar hamda aholi punktlari qamrab olingan. Ishonamanki, Abayning hududlardagi faoliyatining katta tajribasi biznesga butunlay yangi turtki berish imkonini yaratadi”.

“Telekom-sohaning evolyutsiyasi va texnlogiyalar taraqqiyoti operatorlar oldida oldingi maqsadlarni bekor qilmagan holda yangi ufqlarni ochadi. Bugungi kunda biz butun mamlakat bo‘ylab eksklyuziv ofislarning yangi qatorini ishga tushirishga tayyorlamoqdamiz, bu bizga servisni eng yuqori darajada ushlab turish imkonini beradi. Yaqin kelajakda tarmoqlarni qurish bo‘yicha amaldagi rejalar esa “Bilayn”ning texnologik afzalligini kuchaytiradi, – dedi Abay Kolanov.

Abay Kolanov 1977 yilda Nukusda tug‘ilgan. Nukus kompyuter va axborot texnologiyalari kollejida “Raqamli va analogli yetkazish tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. 1998 yilda Olma-ota Davlat universitetini “Geografiya va ekologiya” fakultetini tamomlagan.

Abayning mehnat faoliyati 1999 yilda “Naytov” O‘zbekiston-Amerika QKda boshlangan. U yerda ikki yil ichida u qo‘llab-quvvatlash xizmati operatoridan boshlab, “Naytov-Nukus” SHK direktori lavozimini egallagan. Uning ma’lumotlarni yetkazish va tarmoqlarni integratsiya qilish xizmatlarini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli tajribasi unga telekomda navbatdagi yuksalishga qadam qo‘yish imkonini berdi: 2003 yilda Abay Kolanov Buzton QKning Nukus filialiga rahbar bo‘ldi, bunda kompaniyaning Qoraqalpog‘istondagi biznesini “noldan” boshladi.

2006 yil iyundan Abay Bilayn-O‘zbekiston tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filial direktorii lavozimini egallagan holda faoliyat yuritmoqda. Uning rahbarligi ostida “Bilayn” qisqa vaqt ichida hududiy bozorning yetakchisiga aylandi.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Abay Kolanov O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Ishdan bo‘sh paytlarida ov qilish va baliq ovi bilan shug‘ullanadi. O‘zbek, qoraqalpoq va qozoq tillarini mukammal egallagan. Oilali, uchta farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system