O‘zbekistonning 8 millionga yaqin aholisi Intеrnеt tarmog‘ining faol foydalanuvchisi hisoblanadi
20.01.2012
Rukn: Internet.
Muallif: O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning shunday dеdi.

Jumladan, u shunday dedi — «Yil davomida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining 41,6 foizga o‘sganini bugungi kun talablariga javob beradigan ijobiy tendensiya sifatida baholash lozim. Bu ko‘rsatkich, avvalo, mobil aloqa va Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar sonining o‘sishi hisobidan ta’minlandi. Bunda hisobot yilida aholi uchun Internet xizmatlaridan foydalanish tariflarini 22 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 8 millionga yaqini Internet tarmog‘idan faol foydalanmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq