Beeline Business mijozlari uchun “Tarif konstruktori”ning onlayn-kalkulyatori ishga tushirildi

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) http://b2b.beeline.uz saytida O‘zbekiston bozorida o‘xshashi bo‘lmagan noyob taklif – korporatiq mijozlar uchun “Tarif konstruktori”ning onlayn-kalkulyatorini ishga tushirdi. Endilikda o‘zingiz va kompaniyangiz uchun aniq biznesning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda xizmatllarga bo‘lgan real ehtiyojlarni hisobga oluvchi tariflarni tuzish yanada osonroq bo‘lib qoldi.

“Aloqa operatori mijozga zarur bo‘lgan shaklda ishlashi kerak – bu bizning muhim pozitsiyamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Mijozlarimiz faqatgina zarur servislar uchun to‘laydilar, bundan tashqari: endilikda opsiyalarni tanlash ularning qo‘l ostida bo‘ladi – buning uchun saytga kirib, onlayn-kalkulyatordan foydalanishning o‘zi kifoya”.

Eslatib o‘tamiz, “Tarif konstruktori” asosiy tarif rejadan tashkil topgan bo‘lib, unga xohish-istakka qarab turli xizmatlar ulanadi:
• Yopiq guruh ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Shahar raqamlari hamda O‘zbekistondagi boshqa operatorlarning raqamlariga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• O‘zbekiston bo‘ylab istalgan yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Internet-paketlar
• Mahalliy SMS-paketlar
• Xalqaro SMS-paketlar.

Bundan tashqari, Beeline Business xarid qilingan paket va xizmatlardan kelib chiqib bonsularni taqdim qiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz/mobile/tarif/constructor.wbp saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system