“Bilayn” 2011 yilda xayriya maqsadlariga 700 mln. so‘m yo‘naltirdi
16.01.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 2011 yildagi xayriya faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida ushbu maqsadlarga qariyb 700 million so‘m yo‘naltirildi.

Yil yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat – faoliyatimizning ajralmas qismi bo‘lib, bundan tashqari – bu biz aynan rohatlanib hamda chin yuragimizdan amalga oshiriladigan ishlar hisoblanadi. Aks holat bo‘lishi ham mumkin emas, chunki an’anaviy tarzda sport, ta’lim va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari biz doimiy ravishda insonlar – bolalar, nogironlar va faxriylar bilan bevosita ishlaymiz. Ishonchim komilki, Mustahkam oila yilida bu yanada ko‘proq ahamiyat kasb etadi”.

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mavjud bo‘lgan keng filial tarmog‘i vositasida “Bilayn” hududiy va maxalliy hokimiyat organlariga hududlarni obodonlashtirishda ko‘mak ko‘rsatmoqda. Kompaniyaning xayriya aksiyalarida shaxsiy ishtirok etayotgan, ko‘pincha ularni o‘tkazish tashabbusini bildirayotgan xodimlarining faol pozitsiyasini alohida qayd qilish joiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq