Beeline Uzbekistan korporativ sahifasi Facebook tomonidan Markaziy Osiyoda 1 raqamli hamjamiyat deya tan olindi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Facebook tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha 1 raqamli brend deya tan olindi. Buni dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqni statistikasini olib boruvchi www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portali xabar qildi.

Qozog‘istonning “Fokus” agentligi www.socialbakers.com statistikasiga asoslanib, mintaqaning eng ommaviy Facebook-sahifalarinining ro‘yxatini tuzdi. www.iport.kz da nashr qilingan short-listni katta farq bilan www.facebook.com/beeline.uz Yorqinlar Hamjamiyati egalladi.

“Milliy brendlarning Facebookdagi muvaffaqiyatlaridan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Markaziy Osiyoning minglar sahifasining 38 tasidan 26 tasi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi, bu umuman Uznetning rivojlanayotganligidan dalolat beradi. “Bilayn” mamlakatni internetlashtirishga katta e’tibor qaratadi, ijtimoiy tarmoqlarning auditoriyasi bilan bevosita muloqot qilish esa bizga foydalanuvchilarning so‘rovlariga tezkorlik hamda moslashuvchanlik bilan javob qaytarishga ko‘maklashadi”.

Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda Facebookdan foydalanuvchilarning soni oxirgi 3 oy mobaynida 20% dan ortiqqa o‘sib, bugungi kunda qariyb 106 000 kishini tashkil qildi. Bunda “Bilayn” korporativ sahifasining obunachilari 20 000 ga yaqinlashmoqda.

Batafsil ma’lumot www.socialbakers.com saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system