“Bilayn” bolalarga bayramni sovg‘a qildi
10.01.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Ezgu ishlar” loyihasi doirasida navbatdagi aksiya o‘tkazilishi haqida xabar beradi. 8 yanvar kuni kompaniya taklifiga binoan bolalar muassasalarinining 500 ta tarbiyalanuvchisi Yoshlar ijodiyot markazidagi yangi yil archasida ishtirok etdilar.

“Qor malikasi” teatrlashtirilgan namoyish bilan yosh tomoshabinlar qarshisida “Marvarid” qo‘shiq jamoasining yosh iste’dodlari chiqish qildilar. Barchaga tanish bo‘lgan ertakning zamonaviy talqinini taqdim etgan aktyorlar ularni estrada yulduzlariga parodilayalari bilan ham xursand qildilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz Yangi yilni haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Umid qilamanki, butun 2012 yil bolalar uchun o‘tgan archa bayrami kabi yorqin va xursandchilik bilan o‘tadi”.

Yangi yil namoyishida poytaxtning 21, 22, 23, 24 va 31-son Mehrbonlik uylari hamda Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazining tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq