Mega Aksiya: sovrinlar o‘yinining yakunlari sarhisob qilindi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniyaning amaldagi va yangi abonentlari uchun bo‘lgan Mega Aksiyaning yakunlarini sarhisob qilmoqda. 2011 yil 30 dekabr kuni “O‘zbegim Taronasi” radiosining jonli efirida bo‘lib o‘tgan qimmatbaho va bonusli sovg‘alarning oxirgi o‘yinida yana 5 ta omadli insonlar “Bilayn”dan o‘z iPad2 larini yutib oldilar. Jyuri sifatida milliy estrada va kino yulduzi Dineyra ishtirok etdi.

Mobil telefonlarining raqamlari quyidagi 3 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” abonentlari MMS-paketlarga ega bo‘ldilar: XXX X507, XXX X743, XXX X796, XXX X282, XXX X958.

Daqiqalar paketi quyidagi 4 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” raqamlari egalariga nasib qildi: XXX 2507, XXX 5743, XXX 2796, XXX 5282, XXX 5958.

Nokia X1-00 telefonlari mobil telefonlarining raqamlari quyidagi 5 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” abonentlarini kutmoqda: XX9 2507, XX9 5743, XX6 2796, XX8 5282, XX4 5958.

Raqamlari quyidagi 6 ta raqam bilan tugagan abonentlar Samsung Galaxy S2 premium-smartfonlarning egalariga aylandilar: X68 5282.

Va nihoyat, iPad2 planshetlari 891 169 2507 (Andijon viloyati), 890 559 5743 (Xorazm viloyati), 891 676 2796, 891 654 5958 (ikkalasi – Farg‘ona viloyati), 890 168 5282 (Toshkent sh.).

Mega Aksiya g‘oliblarni rasmiy taqdirlash marosimi 2012 yil 10 yanvar kuni “Bilayn”ning bosh ofisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent sh., Buxoro ko‘chasi, 1 uy.

Mega Aksiya haqida batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system