“Bilayn” tarmog‘ida yangi yil faolligining yakunlari sarhisob qilindi
04.01.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 2011 yil 31 dekabr va 2012 yilning 1 yanvar kunlari tarmoq faoliyatining yakunlari haqida xabar beradi. 2 kun davomida “Bilayn” tarmog‘ida umumiy hisobda 224 millionga yaqin qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. Bunda yangi yilning dastlabki soatida kompaniya abonentlari 11 milliondan ortiq qo’ng’iroqlarni amalga oshirdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Biz millionlab insonlar o‘z yaqinlarini Yangi yil bilan tabriklay olganliklaridan xursandmiz. Tuxnik nuqtai nazardan tarmoq yangi yilga yuqori darjada tayyorlandi, bu esa birdan oshib ketgan bayram trafigining uzluksiz ishlashini ta’minladi. Buning hammasi, shuningdek yanvarning birinich kunlariga to‘g‘ri kelgan internet faolligining rekord ko‘rsatkichlariga ham taalluqli”.

2012 yil 1 va 2 yanvar kunlari mobil Internet trafigining hajmi 11,53 million Megabayt (11 Terabayt) dan oshdi. Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr — 1 yanvar kunlari “Bilayn” tarmog‘ida 34 milliondan ortiq SMS yetkazib berildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq