Yangi yilda “Bilayn” tarmog‘ida 34 milliondan ortiq SMS yetkazib berildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 2011 yilning 31 dekabri va 2012 yilning 1 yanvari kunlari tarmoq faoliyatining yakunlari haqida xabar beradi.

O‘z qarindoshlari va yaqinlari bilan bog‘lanishni xohlovchilarning soni bayram kunlari an’anaviy tarzda oshib bormoqda, avj pallasi esa Yangi yilning dastlabki soatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bunda tabrik SMS larning soni odatda qo‘ng‘iroqlar sonidan ko‘ra jiddiy o‘sadi.

“Bilayn” abonentlarning SMS-faolligini sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Tarmoqni yangi yil bayramlariga tayyorlash bo‘yicha dekabr tadbirlari bizga maksimal og‘irliklarni munosib ravishda qarshi olishga yordam berdi. 1 yanvarning dastlabki soatlarida SMS-trafik 31 dekabrdagi umumiy fonga nisbatan 8 marotaba o‘sdi, biroq biz ushbu avj olgan ko‘rsatkichlarga faoliyatda uzilishlarsiz bardosh bera oldik”.

31 dekabr — 1 yanvar kunlari “Bilayn” tarmog’ida 34 milliondan ortiq SMS yetkazib berildi. Agarda har bir tabrik SMS-xabari 1 ta yangi yil otkritkasini o‘rnini bosdi, deb hisoblaydigan bo‘lsak, u holda “Bilayn” abonentlari ushbu kunda 300 tonnadan ortiq qog‘ozni tejadilar, demak – deyarli 15000 ta daraxtni saqlab qoldilar. Bu Moskvadagi Gorkiy nomli Markaziy madaniyat va istirohat bog‘idagi daraxtlar soniga teng.

Alohida qayd etish joiz, “Bilayn” abonentlari 2012 yilning birinchi soatida sekundiga qariyb 600 ta xabar tezlikda SMS jo‘natdilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system