O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator muloqot chegaralarini yana kengaytirmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengayuvi haqida xabar beradi. Hamkorlik qiish haqidagi shartnomalar “Vodacom” (Lesoto), “Faroese Telecom” (Farer orollari), “Orange” (Niger), “Metfone” (Kambodja), “StarTelecom” (Laos), “Free Mobile” (Fransiya) va “Vodafone” (Qatar) kompaniyalari bilan imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar ximati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Roppa rosa bir yil avval biz O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operatorga aylandik va o‘sha paytdan beri rouming-hamkorlarimiz tarmog‘ini jiddiy kengaytirdik. Yangi yil safarlarini rejalashtirib, abonentlarimiz tayinlangan joydan qat’iy nazar aloqada qolishlariga ishonishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” O‘zbekistonda 1 raqamli rouming-operator hisoblanadi va uning abonetlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Edilikda CAMEL-rouming xizmatlari “Orange” (Tunis), “Trilogy” (Dominikana), “VIP Mobile” (Serbiya), “Jersey Telecom” (Buyuk Britaniya), MTN (Kipr), MCI (Eron), “Telkomsel” (Indoneziya), “Unitel” (Mongoliya) va “Vodafone” (Qatar) hamkorlik tarmoqlarida ham amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system