“Bilayn” Samsung Galaxy S Plus telefonlarini sotishni boshlamoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Samsung”dan uyali telefonning yangi modelini taqdim qiladi. 26 dekabrdan boshlab Samsung Galaxy S Plusni “Bilayn” rasmiy ofislaridan va eksklyuziv dilerlik salonlaridan xarid qilish mumkin.

Telefonni 1 100 000 so‘mga xarid qilishda mijozlarga “Bilayn” bonslar taqdim etiladi: “oltin” raqam, “Beeline Club”dan “Platinum” toifali imtiyozli karta va yarim yil muddatga har oyda 100 Mb internet-paketlar.

“Samsung Galaxy telefonlarining birinchi savdosi juda muvaffaqiyatli bo‘lgan edi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Samsung Galaxy S II Top model sanoqli kunlar davomida sotib bo‘lingan edi va biz yanarda yangi ta’minotni kutmoqdamiz. Shunday bo‘lsada, Samsung Galaxy S Plus ham premium-toifa telefon hisoblanadi va biz ishonamizki, u ommaviy yangi yil sovg‘asiga aylanadi”.

Samsung Galaxy telefonlarini naqd pul va bank plastik kartalari vositasida hisob-kitob qilish evaziga sotib olish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system