“OITSga qarshi kurashga 30 yil”
22.12.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2009 yilning iyulida Butunjaxon Pochta Ittifoqi, ОIV/ОITS bo‘yicha BMTning Qo‘shma Dasturi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti ОIV/ОITS bilan zararlanishni oldini olish yo‘liga jamoatchilik fikrini jalb qilishni boshladi. Хаlqaro byurosi ОITS virusi 30 yil muqaddam topilganligini eslatib o‘tish maqsadida xotira pochta markasini chiqarish taklifi bilan chiqdi.

Pochta markasi OITSga qarshi kurashning 30 yilligiga bag‘ishlangan. Pochta markasida OIV bilan kasallanganlarning xalqaro birdamlik belgisi hisoblangan – qizil tasma tasvirlangan. Pochta markasining o‘ng tomonida o‘zbek tilida lotin grafikasida «OITSga qarshi kurashga 30 yil» yozuvi joylashgan.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2011 yil 16 dekabrda “OITSga qarshi kurashga 30 yil” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30×42 mm. Adadi 20 ming nusxa. Dizayner – Kartsevich Ye.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

999. «OITSga qarshi kurashga 30 yil» Nominali – 900 so‘m

Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq