Huawei E173 – qora-oq “Bilayn” 3G-premyerasi
22.12.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 3G-modemlarning model qatorini yangilamoqda. Endilikda “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanganda 7,2 Mbit/s gacha tezlikadagi Internet qo‘llaniluvchi Huawei E173 mashhur devaysning yangi modeli ham taqdim etiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Tanlash imkoniyati – bizning mijozlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarimizning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi, 3G tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiyalash esa yanada yuqori tezlik qo‘llaniluvchi zamonaviy modellarni ilgari surish imkonini beradi”.

Huawei E173 bilan ulanganda, shuningdek o‘z didingizga mos rangdagi modemni tanlash imkoni ham bo‘ladi: qora va oq rangdagi uskunalar mavjud. Huawei E173 modem bilan “USB-modem Bilayn” xizmatini yoqtirish bahosi – 63 000 so‘m (balansingizga oldindagi xarajatlar hisobiga tushuvchi 4000 so‘m ilk to‘lov summasi kiritilgan holda). Shuningdek, eslatib o‘tamiz, 2011 yil 31 dekabrga qadar “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanishda bepul 5 Gb bonusli tarfik taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq