“Bilayn”dan cheklanmagan muloqot
09.12.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) abonentlarga –$1 (so‘mlik tariflar uchun –1800 so‘m) gacha bo‘lgan manfiy balansda ham muloqot qila olish imkonini beruvchi yangi aksiya haqida e’lon qiladi.

“Mijozlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz va ularga yanada faol muloqot qilishga imkoniyatni sovg‘a qilamiz, – deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Bilayn” abonentlari “Jonli nol” hamda “Ishonchli to‘lov” xizmati evaziga doimo aloqada qoladilar va bu aksiya xuddi o‘sha maqsadlarda yo‘lga qo‘yilgan”.

Aksiya 2011 yilning 15 dekabriga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq