“Bilayn” GPRS-rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) xalqaro GPRS-rouming geografiyasining navbatdagi kengayuvi haqida e’lon qiladi.

Tegishli shartnomalar “Union” (AQSH), “Etisalat” (Afg‘oniston), “Tigo” (Laos), “Trilogy” (Dominikana), “TusMobil” (Sloveniya) va “Unitel” (Mongoliya) kompaniyalari bilan imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Mobil Internet abonentlarimiz hayotiga mustahkam kirib keldi va biz GPRS xizmatlarini taqdim qiluvchi rouming-hamkorlar ro‘yxati yana kengayganligidan xursandmiz. “Bilayn” mijozlari jahonning ko‘plab mamlakatlariga safarlari chog‘ida Tarmoqqa kirish imkoniyati bilan ta’minlanganlar”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” O‘zbekistonda 1 raqamli rouming-operator hisoblanadi va uning abonetlari uchun uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system