Mega Aksiya: “Bilayn” birinchi iPad2 egalarini aniqladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniyaning amaldagi va yangi abonentlari uchun bo‘lgan Mega Aksiyaning birinchi yakunlarini sarhisob qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 25 dekabrga qadar ularning har biri iPad2 plansheti, Samsung Galaxy S2 va Nokia X1-00 telefonlari, shuningdek, “Bilayn”dan ko‘plab bonuslarning egasiga aylanishi mumkin.

2 dekabr kuni soat 20:00 da “O‘zbegim Taronasi” radiosida komissiya va efir mehmoni – qo‘shiqchi Manzura ishtirokida “Bilayn” Mega Aksiyasining birichni o‘yini start oldi. Unda 21 dan 27 noyabrga qadar aloqaga bo‘lgan xarajatlari 2000 so‘mdan kam bo‘lmagan barcha abonentlar ishtirok etdilar. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalari bo‘yicha besh kishi iPad2 ni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilki bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ilk g‘oliblarni qutlaymiz va umid qilamizki, aksiyaning oddiyligi hamda ochiqligi uning ishtirokchilarining ro‘yxatini kengaytiradi. Har kim tanlovning ochiq-oydinligiga va muvaffaqiyatga bo‘lgan yuqori imkoniyatlarga ishonishi mumkin. O‘yin har haftada o‘tkaziladi, sovrinlar sonining ko‘pligi esa katta auditoriyani qamrab olish imkonini beradi”.

Mobil telefonlarining raqamlari quyidagi 3 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” abonentlari MMS-paketlarga ega bo‘ldilar: XXX X757, XXX X832, XXX X638, XXX X591 va XXX X335.

Daqiqalar paketi quyidagi 4 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” raqamlari egalariga nasib qildi: XXX 8757, XXX 7832, XXX 9638, XXX 7591 va XXX 4335.

Nokia X1-00 telefonlari mobil telefonlarining raqamlari quyidagi 5 ta raqam bilan tugagan “Bilayn” abonentlarini kutmoqda: XX7 8757, XX5 7832, XX5 9638, XX0 7591 va XX2 4335.

Raqamlari quyidagi 6 ta raqam bilan tugagan abonentlar Samsung Galaxy S2 premium-smartfonlarning egalariga aylandilar: X17 8757 va X90 7591.

Va nihoyat, iPad2 planshetlari 891 2178757 (Qashqadaryo viloyati), 891 2457832 (Buxoro viloyati), 890 6559638 (Samarqand viloyati), 891 6907591 va 891 6924335 (Qo‘qon sh.) baxtli raqamlar egalariga jo‘natiladi.

Aksiya 2011 yilning 25 dekabriga qadar davom etadi, unda ishtirok etish uchun esa shunchaki “Bilayn”ga ulanish va muloqot qilish kerak. Kalendar hafta, ya’ni dushanbadan yakshanbaga qadar operator xizmatlari (ovozli aloqa, SMS, MMS, mobil Internet va shu kabi) uchun xarjatlari 2000 so‘mdan kam bo‘lmagan abonentlar aksiyaning faol abonentlari hisoblanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system