“Bilayn” “Nokia” telefonlarini modelli qatorini taqdim qiladi
01.12.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Nokia” uyali telefonlarining yangi modelli qatorini taqdim qiladi. Endilikda kompaniya abonentlari ixcham Nokia 1280, ishonchli Nokia 1800 va klassik Nokia X1-00 larni sotib olishi mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov shunday dedi: “Ilgari biz budjetli ZTE va Huawei apparatlarini, shuningdek, Samsung Galaxy premium-klass telefonlarini taqdimotini o‘tkazdik. Nokia qatori o‘zida o‘rta narxa diapazonidagi modellarni ifoda etadi va ishonamanki, bonuslar bilan uyg‘unlashib, bu eng ommaviy yangi yil oldi takliflarga aylanadi”.

Istalgan “Nokia” telefoni sotib olinganida mijozlarga quyidagi bonuslar taqdim qilinadi: yarim yil davomida har oyda “Bilayn” tarmog‘i ichida muloqot uchun 100 daqiqa va 100 ta SMS. Telefonlar “O!” tarifi bilan komplektda sotiladi

• Nokia 1280 – 70 000 so‘m
• Nokia 1800 – 85 000 so‘m
• Nokia X1-00 – 115 000 so‘m

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq