“Bilayn”ning Janubi-G‘arbiy filiali 5 yilligini nishonlamoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Unitel”ning Buxoro va Navoiy viloyatlariga xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy hududiy filialning (JG‘HF) besh yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonent bazasi 11 marotabdan ko‘pga o‘sdi.

“Janubi-G‘arbiy filial doimo biz birinchi navbatda eng innovatsion loyihalarni joriy qilgan ilg‘or hududlardan biri bo‘lgan, – JG‘HF faoliyati yakunlarini sharhlaydi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev. – Zarafshon va Uchquduqda yo‘lga qo‘yilgan FTTB texnologiyasi bo‘yicha yuqori tezlikdagi Internetning optik tolali liniyalari O‘zbekistonda ilgaridagidek ma’ulmotlar yetkazishning eng yirik lokal tarmoqlari bo‘lib qolmoqda. GSM baza tarmog‘ining 10 marotaba kengaytirilishi va 3G ishga tushirilishi bizga Buxoroda barqaror yetakchilikka erishish imkonini berdi”.

“Biz tashqi savdo tarmog‘ini dilerlarimiz bilan hamkorlikda rivojlantirishda davom etmoqdamiz, – deydi Janubi-G‘arbiy filial Direktori G‘ulom Ortiqov. – Servisning yuqori darajasi mobil va qo‘zg‘almas Internetni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘anlishlarimizdan biri bo‘lib qolmoqda”.

Korporativ mijozlarga individual yondashuv hududdagi ko‘plab kompaniyalar uchun “Beeline Business” foydasiga hal qiluvchi argument bo‘lib xizmat qildi. Jumladan, “Bilayn” korporativ aloqasidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida “Navoiyazot” OAJ, “Qizilqumsement” AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqa shu kabi yirik tashkilotlarning minglab abonentlari foydalanadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system