“Bilayn” Mega Aksiyani boshlamoqda!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Mega Aksiya boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 25 dekabrga qadar kompaniya yangi va amaldagi abonentlar o‘rtasida sovg‘alar o‘yinini o‘tkazadi: ko‘plab iPad2 planshetlari, Samsung va Nokia telefonlari, shuningdek “Bilayn”dan boshqa bonuslar o‘z egalarini topadilar.

Haftalik sovg‘a o‘yinida ishtirok etish uchun shunchaki “Bilayn” bilan bo‘lish va aktiv muloqot qilishning o‘zi kifoya. Istalgan amaldagi tarif rejasiga ulanib, abonent avtomatik tarzda joriy hafta o‘yinining ishtirokchisiga aylanadi. Bundan tashqari, agarda abonent avvaldan “Bilayn” bilan bo‘lsa hamda uning hafatlik xarajatlari 2000 so‘m va undan ortiqni tashkil qilsa – u o‘yinda!

“Mega Aksiya – “Bilayn” abonentlariga O‘zbekistonda brendning besh yilligi munosabati bilan navbatdagi sovg‘a hisoblanadi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – iPad2 va sovg‘alar o‘yini 2 dekabrdan boshlab har haftada FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining jonli efirida bo‘lib o‘tadi. Yarim soat davomida jonli efirda tinglovchilardan qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi va har bir qo‘ng‘iroq egasiga bitta raqamni aytish taklif etiladi. Qo‘ng‘iroq qilib tushgan va boshlovchi o‘rtasidagi muloqot komissiya hozirligida o‘tadi. Radiotinglovchi tomonidan e’lon qilingan raqamlar aytilgan tartibda qayd qilinadi – o‘ngdan chapga qarab. Jami yettita raqam aytilishi kerak – g‘olibning telefon raqami shu tariqa aniqlanadi. Ko‘rib turganingidek, barchasi imkon darajada ochiq-oydin”.

Raqamlarda quyidagilar mos kelgan “Bilayn” abonentlari bo‘ladilar qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar:
• oxirgi 3 ta raqam – “tarmoq ichida 500 ta MMS” paketlari
• oxirgi 4 ta raqam – “tarmoq ichida 500 daqiqa” paketlari
• oxirgi 5 ta raqam – Nokia X1-00 telefoni
• oxirgi 6 ta raqam – Samsung Galaxy S II smartfoni
• barcha 7 ta raqam –Apple iPad2 superzamonaviy planshetiga!

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system