“Bilayn” 25 noyabr kuni katta konsertga taklif qiladi!
17.11.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) barchani O‘zbekistonda yorqin brendning 5 yilligini birgalikda nishonlashga taklif qiladit. 25 noyabr kuni “Istiqlol” saroyida o‘zbek estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirokida katta konsert bo‘lib o‘tadi. Biroq, eng asosiysi – tomoshabinlarni maxsus mehmon kutmoqda – “Bilayn” dan haqiqiy yulduzli sovg‘a!

“Biz yubileyimiz iloji boricha O‘zbekiston aholisining ko‘proq qismiga yod bo‘lib qolishini istaymiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Yaqin kunlarda abonentlarimizni ajoyib sovg‘alar kutmoqda, shuning uchun yangiliklar va anonslarni kuzatib boring. Chiptalar haqida gapiradigan bo‘lsak, konsertga turli usullar bilan kirish mumkin, shu qatori taklifnomalarni yutib olib ham. Buning ustiga, bu uchun “Bilayn” abonenti bo‘lish shart emas – biz barcha mehmonlar uchun xursandmiz!”

Chiptalarni “O‘zbegim taronasi” FM 101 radiosida, shuningdek, “Bilayn”ning Facebook dagi Одноклассники va Cafe Zo‘r-Zo‘r sahifalarida har kuni o‘tkaziladigan viktorinalarda ishtirok etib, qo‘lga kiritish mumkin. Bundan tashqari, taklifnomalarni 09366 raqami orqali gudok o‘rniga 2 ta musiqa o‘rantgan har bir abonent olishi mumkin. Konsertga chiptalarni “Beeline Club” bonusli ballarga almashtirish, shuningdek, istalgan “Билайн телефони”ni sotib olish yoki Тошкентdagi savdo hamda xizmat ko’rsatish ofislarida “USB-модем Билайн” xizmatini yoqtirish evaziga olish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va http://5let.beeline.uz/ru/concert.wbp saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq