“Beeline” ommaviy bozorda “Samsung” Galaxy telefonlarini sotishni boshlamoqda
08.11.2011
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) klassik modellardan tortib to premium-klassdagi apparatlarni birlashtiruvchi “Samsung” uyali telefonlarining yangi modelli qatorini taqdim qiladi. Endilikda Samsung Galaxy Mini, Samsung Galaxy Gio va Samsung Galaxy S II larni ommaviy bozor mijozlari ham sotib olishlari mumkin.

Istalgan “Samsung” telefoni sotib olinganida, mijozlarga “Bilayn”dan “oltin” raqam, “Beeline Club”dan imtiyozli kartalar hamda yarim yil muddatga oylik internet-paketlar kabi bonuslar taqdim etiladi:

• Samsung Galaxy Mini – 500 000 so‘m
• Samsung Galaxy Gio – 600 000 so‘m
• Samsung Galaxy S II – 1 500 000 so‘m

“Samsung bilan hamkorlikning boshlanishi – bu abonent uskunasnini ilgari surishda bo‘lgan mutlaqo yangi qadam hisoblanadi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktorii Marat Serikov. – O‘z vaqtida “Bilayn” birinchi bo‘lib USB-modemlarni sotishni boshlagan, bugun esa bizning kompaniya, shuningdek, dunyodagi eng yaxshi telefonlardan bo‘lgan Samsung Galaxy S II va ushbu model qatoridagi boshqa apparatlarni rasmiy ravishda bozorga olib chiqmoqda. Ishonamanki, har bir taqdim qilingan devayslar abonentlarimiz o‘rtasida katta talabga ega bo‘ladi”.

Samsung Galaxy telefonlarini ofislarda va butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab “Bilayn” dilerlik salonlarida ham naqd pulga, ham bank plastik kartalari yordamida sotib olish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq