“International Business Travel” kompaniyasi “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “International Business Travel” kompaniyasi “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari chet elga safar bilan bog‘lik ro‘yxatdaga olish badallariga 50%lik chegirmani kafolatlaydi.

“International Business Travel” – faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston tadbirkorlari uchun jahon bo‘ylab biznes-turizm va ko‘rgazmalarga hamda sanoat korxonalariga ishchi safarlarni, shuningdek, xorijiy biznesmenlarning O‘zbekistonga biznes-turizmini tashkillashtirishdan iborat bo‘lgan kompaniya.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bizning kompaniya an’anaviy tarzda korporativ segmentni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratadi – buning uchun “Beeline Business” yo‘nalishi joriy qilingan. IBT yordamida mijozlarimizga ularning xarajatlarini qisqartirgan holda ishchi safarlarni tashkil qilishga yordam berish imkoniyatimiz borligidan xursandmiz”.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.ibt.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system