“Bilayn”dan yangi ijtimoiy tarmoq — Cafe Zo‘r-Zo‘r!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi http://cafe.zorzor.uz/ ijtimoiy tarmoqni taqdim qiladi. Caf? Zo‘r-Zo‘rda nafaqat do‘stlar bilan chat-xonalarda muloqot qilish, rasmlarni qo‘yish va shaxsiy blogni yuritish mumkin, balki sharhlar bilan almashinish, ovoz berishlarda ishtirok etish va boshqalarni amalga oshirishning imkoni ham bor.

“Ijtimoiy tarmoqlar bugun mamlakatimizda katta talabga ega, buni biz o‘z korporativ sahifalarimiz misolida ko‘rishimiz mumkin, – qayd qildi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Caf? Zo‘r-Zo‘r ning yaqqol afzalligi – uning mobil telefon yordamida istalgan joyda istalgan paytda muloqot qilish mukin bo‘lgan aynan O‘zbekistonlik foydalanuvchilarni birlashtirishidan iborat”.

http://cafe.zorzor.uz/ portali O‘zbekiston uyali aloqa operatorlarining barcha abonentlari uchun amal qiladi. “Bilayn” tarmog‘i abonentlari uchun Caf? Zo‘r-Zo‘rda SMS orqali muloqot qilish – bepul. Batafsil ma’lumot http://cafe.zorzor.uz/ va wap.cafe.zorzor.uz saytarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system