“Beeline Business” mijozlariga mahalliy va xalqaro SMS-paketlar xizmatlari amal qiladi

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Mahalliy SMS-paketlar” va “Xalqaro SMS-paketlar” xizmatlarini taqdim qiladi. Endilikda korporativ mijozlarga SMS lar yanada arzonroq narxlarda amal qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha direktori Erkin Achildiev shunday dedi: “Biz muloqotning istalgan usulini “Beeline Business” mijozlari uchun yanada arzonlashtirishga harakat qilmoqdamiz. Ko‘plar faol SMS-almashuv yordamida muloqot qilishni afzal ko‘radilar va biz arzon paketli takliflar ko‘rinishida bu kabi imkoniyatni taqdim etishdan xursandmiz”.

Mahalliy SMS-paketlar:
• “Paket 100” – $0,8
• “Paket 500” – $2,5
• “Paket 1000” – $4

Xalqaro SMS-paketlar:
• “Paket 25” – $1
• “Paket 50” – $1,7
• “Paket 100” – $2,5

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system