“Bilayn” Sharqiy hududiy filiali – 5 yoshda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Unitel”ning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga xizmat ko‘rsatuvchi Sharqiy hududiy filialining (SHHF) besh yillik faoliyatining natijalarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonent bazasi qariyb o‘n baravar o‘sdi.

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev quyidagilarni qayd qildi: “Sharqiy hududiy filial umumiy aholisi 8 million kishidan ortiq bo‘lgan uchta yrik viloyatlarni birlashtiradi. Besh yil davomida biz asosiy stansiyalar sonini yetti baravar oshirib, a’lo darajadagi tarmoqni qurdik va bir necha kommutatorlarni ishga tushirdik. Hamkorlarimiz yordamida biz mingdan ortiq savdo shoxobchalarini tashkil qildik, ularda abonentlarimiz “Bilayn” tarmog‘iga ulanishlari yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ushbu ish a’lo darjadagi natijalarni berdi: bugungi kunda biz Farg‘ona vodiysida yetachi pozisiyalarni mahkam egallab turibmiz”.

“Ushbu davr mobaynida biz ajoyib jamoani yig‘ish imkoniga ega bo‘ldik. Ular yordamida shu qadar yuqori ko‘rsatkichlarga erishdik, – qayd qildi Sharqiy filial direktori Sanjarbek Iminov. – Bugungi kunda SHHF O‘zbekistondagi eng asosiy biznes yuritgichlaridan biri hisobalnadi va bu har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki jiddiy mas’uliyat hamdir. Ishonmanki, yangi takliflarning ishga tushirilishi va 3G tarmoqlarining kengaytirilishi hamda modernizatsiyasi bizga kelajakda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi”.

Korporativ mijozlarga bo‘lgan individual yondashuv hududdagi ko‘plab kompaniyalar uchun “Beeline Business” foydasiga hal qiluvchi argumentga aylandi. Jumladan, Vodiyda “Bilayn” korporativ aloqasidan “GM-Avto”, “Nestle O‘zbekiston”, “Farg‘onaazot”, “Kvars”, “Quvasoysement”, “Andijonneft” va boshqalar kabi yirik tashkilotlarning o‘n minglab abonentlari foydalanmoqdalar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system