Yangi MF 190S 3G-modem bilan “Mobil ofis” – “Beeline Business” dan yuqori tezlik

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) 3G USB-modemning ZTE MF 190S yangi modelini taqdim qiladi. Yangilik USB-devaysning 7,2 Mbit/sek gacha tezlikda HSDPA/UMTS 2100 MGs va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) diapazonda ishlovchi barcha noyob imkoniyatlarini saqlab qoldi. Bundan tashqari, USB-modem ulanganlik holati va signal quvvati indikatori bilan jihozlangan, shuningdek, unda SD-mikro xotira kartasining joyi mavjud.

ZTE MF 190S joriy qilinishini sharhlar ekan, “Unitel”ning Korporativ biznesnini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev quyidagilarni qayd qildi: “Mobil Internetni rivojlantirishdagi yetakchilik – bu nafaqat 3G “Bilayn” tarmog‘i bilan qamrab olingan O‘zbekistonning 130 ta shahari, balki ushbu tarmoqlarni bu yili o‘kazilgan modernizatsiya ishlari hamdir. Endilikda mijozlarimizga sekundiga 7,2 Megabit tezlik mavjud va yangi devays xuddi shu imkoniyatlarga ega”.

“Mobil ofis” xizmatiga ulanish bahosi MF 190S 3G USB-modemini berish bilan birga atigi $28 ga teng. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system