O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator muloqot geografiyasini kengaytirmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar “Wind” (Kanada), “Alfa” (Livan), “QCell” (Gambiya) va “Primetel” (Kipr) kompaniyalari bilan imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Vimpelkom” mana bir necha yildirki O‘zbekistondagi 1 raqamli rouming-operator hisoblanib kelmoqda va O‘zbekiston bozorida mazkur segmentdagi bizning yetakchiligimiz ushbu mavqeni mustahkamlaydi. Yaqinda global kompaniyaga aylanganlik va “Wind Group” hamda “Orascom Telecom” bilan birlashish rouming-hamkorlik darajasidagi integratsiyalashuv jarayonini tezlashtirib yubordi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonentlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system