“Bilayn” ishga taklif qilmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Uchinchi Vakansiyalar yarmarkasining Bosh homiysi sifatida bugun SuperJob.uz rekruting portali, UJC O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi va A-Club bitiruvchilar klubi tomonidan Yoshlarni ish bilan ta’minlash markazi ko‘magida tashkil etilgan tadbirga taklif qiladi.

“InterContinental” mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan vakansiyalar yarmarkasi 25 dan ortiq kompaniya-ish beruvchilarni birlashtirdi. Ular qatorida O‘zbekistonning eng yirik korxonalari ham bor. Yarmarkaning ochilish marosimiga 2000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi. Tashkilotchilar tomonidan kutilayotgan tashrifchilarning umumiy soni 5000 dan ortiq kishini tashkil qilishi mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning xodimlar ishlash hamda tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Marina Ushankova quyidagilarni qayd qildi: “Kompaniyamiz an’anaviy Vakansiyalar yarmarkasining doimiy ishtirokchisi va biz uni ish beruvchi hamda talabgorlarning jonli muloqotlari uchun ajoyib imkoniyat deb bilamiz. Telekommunikatsion sohaning vakilii bo‘la turib, bu tadbir mehnat bozorida ko‘plab yangi mustahkam aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi, deb umid qilaman”.

Vakansiyalar yarmarkasida “Bilayn” tomonidan taqdim qilingan o‘nlab pozitsiyalar talabgorlarning qatta qismini e’tiborini tortdi. Ularning har biriga “Bilayn”ning HR – mutaxassislari bilan blits-intervyu o‘tash va qiziqtirgan savollarni berish imkoni taqdim qilindi.

SuperJob.uz portali Bosh direktori Vitaliy Stolyarov: “Bilayn” bilan hamkorligimiz jiddiy sheriklikka aylanganligi quvonchli hol. Bugungi kunda endigina ma’ulmotga ega bo‘lgan va hayotda o‘z o‘rnini qidirayotgan yoshlarning ishga joylashuvi juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ishonmanki, ushbu Vakansiyalar yarmarkasi yosh mutaxassislar uchun jiddiy karyera tramplini bo‘lib qoladi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” “Bizga martabani egallashga, ustalikka erishishga ko‘maklashuvchilar haqida” nomli adabiy tanlovini ham qo‘llab-quvvatladi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi Vakansiyalar yarmarkasining tantanali ochilishi paytida bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi asarlar mualliflariga 3G-modemlar va “Bilayn”ning boshqa qimmatbaho sovg‘alari berildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system