«ITPA 2011» Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirish xalqaro konferensiyasi
13.10.2011
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2011-yil 26-sentabr kuni AKT haftaligi doirasida «ITPA 2011» Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘magida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Axborot texnologiyalarini xalqarolashtirish bo‘yicha Koreya ilmiy tadqiqot markazi, Janubiy Koreya telekommunikatsiya va elektronika ilmiy tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

Asosiy maqsad AKT’ning yangi imkoniyatlarini aniqlash, mintaqaviy muammolarni ko‘rib chiqish, Osiyoda axborot texnologiyalarini rivojlanish masalalariga qiziqquvchilar va olimlarni, turli yo‘nalishlardagi tadqiqotchilarni birlashtirish, mavjud usul va yangi tadqiqot yo‘nalishlari, texnolgiyalarni muhokama qilishdan iborat. Mavzular ta’lim va ilm-fanda, iqtisodiyot va boshqaruvda, davlat strukturalarida, aloqa va kommunikatsiya tizimlarida AKT’ni rivojlantirish va undan foydalanish muammolarini qamrab olgan. Konferensiya dasturi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

Manba: www.tuit.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq