Endilikda Beeline Business mijozlari o‘zlari tarif rejalarini joriy qilishlari mumkin
11.10.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) korporativ mijozlar uchun “Tarifniy konstruktor” — O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan noyob taklifni taqdim qiladi.
Endilikda ulanuvchi opsiyalar yordamida o‘zingiz va o‘z kompaniyangiz uchun aniq biznes xususiyatini va xizmatlarga bo‘lgan real ehtiyojlarni hisobga oluvchi tariflarni joriy qilishingiz mumkin.
“Bilayn” bugungi kunda xizmatlarning keng spektrini taklif qiluvchi eng yirik birlashgan telekom-operator. Ba’zida “ko‘nglingizdagidek” optimal tarifni tanlash qiyin kechadi, — voqean sharhlaydi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. — “Tarifniy konstruktor” kompaniyamiz doimo ajralib turgan aynan shu individual yondashuvni ko‘zlaydi. Demak, mijozlarimiz real zarur bo‘lgan servislar uchun haq to‘laydilar”.
“Tarifniy konstruktor” asosiy rejadan tashkil topgan bo‘lib, unga istagan quyidagi turli xizmatlar ulanadi:
• Yopiq guruhlar ichidagi so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi
• Tarmoq ichidagi so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi
• O‘zbekiston bo‘yicha istalgan yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi
• Xalqaro so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi
Bundan tashqari, Beeline Business sotib olingan paket va xizmatlardan kelib chiqqan holda bonuslarni taqdim qiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi