«O‘zbektelekom» AK «Axborot texnologiyalari — yoshlarga» aksiyasi ishtirok etdi

«Axborot texnologiyalari — yoshlarga» aksiyasi haftalikning eng yorqin hodisalaridan biri bo‘ldi, uning doirasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi Axborot texnologiyalari hamda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi Axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejlari uchun kompyuter sinflari lokal hisoblash tarmoqlarining montaji amalga oshirildi va bir yil muddatga internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi doimo O‘zbekiston Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida faol ishtirok etdi. Bu yil bir vaqtning o‘zida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari INFOCOM 2011 haftaligining ham Bosh, shuningdek, Texnik homiysi bo‘ldi.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan mamlakatimizda amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratildi va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etdilar.

Bu yil «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Qarshi, Farg‘ona, Nukus, Samarqand va Xorazm) filiallari uchun yuqori tezlikka ega ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini yaratdilar. Mazkur loyiha masofaviy ta’lim va TATU filiallari o‘rtasida ma’lumotlar almashish, jumladan, videokonferensaloqa seanslari uchun ishonchli asos bo‘ldi.

Kompaniya mutaxassislari Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti resurs markazi uchun lokal tarmoq qurilishini amalga oshirdilar. Bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Tarmoqlar va ma’lumotlar uzatish tizimi» kafedrasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasini zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozladilar.

Hozirgi vaqtda kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi uchun ma’lumotlar uzatish Yagona tarmog‘ini yaratish bo‘yicha yirik loyihada ishtirok etmoqda. Mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqa bog‘lash vositasida ularni elektron axborot va ma’lumotlar almashish bilan ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.

2011-yil «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ini qurishning birinchi bosqichini tugallash va respublikaning 79ta oliy ta’lim muassasasini va keyinchalik barcha oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini yagona komputer axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning birinchi bosqichi yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ishga tushirildi.

«O‘zbektelekom» AK turli tadbirlarda faol ishtirok etib, ijtimoiy muhim hodisalar va loyihalarda homiy sifatida ko‘p qirrali jamoatchilik ishlarini olib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yosh avlodni tayyorlash va respublikada bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga homiylik qilishga alohida e’tibor berilyapti.

Kompaniya AKT sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan maskan — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti auditoriyalarini ta’mirlash va jihozlash ishlarida faol va doimiy asosda moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

«O‘zbektelekom» AK — O‘zbekiston Respublikasi hududlarini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir.

Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

Kompaniyaning bozordagi xizmatlari uchta — UZTELEСOM™, UZMOBILE™ va UZONLINE™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi.

Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonalaridir.

Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxirida 14 000ga yaqinni tashkil etdi.

«O‘zbektelekom» AK Mobil va mutloq, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma’lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.

«SGS» sertifikatsiyalar organi tomonidan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga ISO 9001:2008 xalqaro standarti talabiga muvofiqlik sertifikati berilgan.

Orphus system