O‘zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe tanlovining g‘oliblari aniqlandi

Mustaqilligimizning 20 yilligi hamda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi jamoat punktlari o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe» nomi uchun yosh tadbirkorlarning «Axborot asri yoshlari» tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda 2011-yil 15-iyundan 15-iyul kunigacha ishtirokchilarni ro‘yxatga olish ishlari olib borildi. O‘zAAA’ning har bir hududiy boshqarmasi hududdagi eng yaxshi internet-kafelar ro‘yxatini tuzib, tanlovda ishtirok etish uchun ularning nomzodini ko‘rib chiqdi hamda tashkiliy qo‘mitaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan uchtadan eng yaxshi internet-kafe nomzodini taqdim etdi. Shu tarzda, tanlovga kelib tushgan 40ta internet-kafe arizalari tashkiliy qo‘mita va baholash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Internet-kafelarning me’yoriy hujjatlarga to‘liq muvofiqligi, dizayn va texnika hamda internet-kanal sifati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sharoitlari kabi baholash mezonlariga binoan ular orasidan to‘qqizta g‘oliblikka munosiblar tanlab olindi.

Tanlov hay’ati yig‘ilishida yakuniy xulosa chiqarish uchun tanlab olingan to‘qqizta internet-kafe haqidagi ma’lumotlar proyektor orqali qayta ko‘rib chiqildi. Tanlov tashkiliy qo‘mitasi va baholash komissiyasi tomonidan batafsil o‘rganish va muhokamalardan so‘ng, ular orasidan eng yaxshi uchta internet-kafe aniqlandi.

Shunday qilib, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi.
• 1-o‘rin. «Jahon informatsiya markazi» MCHJ (Andijon viloyati)
• 2-o‘rin. «KRISTAL ELEKTRONIKS» MCHJ (Buxoro viloyati)
• 3-o‘rin. «Sigma Vesta Trading» (Navoiy viloyati)

G‘olib va sovrindorlar 28-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan «ICTExpo-2011» milliy ko‘rgazmasi doirasida maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK’dan bir yil bepul internetdan foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar.

Tanlov g‘oliblari haqida ma’lumot:

1. «Jahon informatsiya markazi» MCHJ (Andijon viloyati)

• 35ta komputerda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, Wi-Fi tarmoq tashkil etilgan. Wi-Fi 64 kanalga ega.
• Komputerlar RIV, LCD19, HDD 320, DDR 2G (35ta komputerda). Windows 7 amaliyot tizimi, Kasperskiy antivirusi, veb-kamerasi.
• Bitta skaner hamda bitta printer qurilmasi mavjud.
• «UzNet» filialining 2 Mbit/s. tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan. Unlimited tarifida.
• Bir oyda o‘rta hisobda 6000-8000 nafar mijoz tashrif buyuradi.
• Qo‘shimcha UZPaynet xizmati mavjud. Bundan tashqari, plastik kartochkalar orqali ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lov-larni amalga oshirish mumkin.
• Yong‘in xavfsizligiga e’tibor qaratilgan.
• Konditsioner mavjud. Mijozlarga toza ichimlik suvi taklif etiladi.

2. «KRISTAL ELEKTRONIKS» MCHJ (Buxoro viloyati)

• Internet-kafe nomi: «ODNOKLASSNIKI» Litsenzia egasi: «KRISTAL ELEKTRONIKS» MCHJ.
• Tashkil etilgan sanasi: 27.09.2010.
• O‘rinlar soni: 14ta (internet zal), 1ta (vip-zal).
• Komputer, monitor, printer va boshqalarning texnik parametrlari: Monitor: LG 17 LCD, LG 22 LCD, Printer Canon LBP 4018 3v1, fotoprinter: Epson RX590 3-1, 10ta veb-kamera. Komputer parametlari: Cpu 2,8 dual core Intel Penitum, DDR — 2 Gb DDRIII, hdd — 160 Gb motherboard — G41.

• Internet kanalning tavsifi: Provayder EVO 1 Mbit/s.
• Kuniga tashrif buyuradigan mijozlar soni 50 nafar.
• Bufet, konditsioner, videokuzatuv mavjud.

3. «Sigma Vesta Trading» (Navoiy viloyati)

• «Sigma Vesta Trading» MCHJ’ning «Angel» internet-kafesi.
• Internet-kafeda server bilan birga,
11 dona komputer texnikasi mavjud.
• Internet-kanalning sig‘imi:
512/1024 kb/s.
• Internet-kafe xizmatlaridan foydalanuvchilarning bir oylik soni o‘rtacha 5500 kishini tashkil etadi.
• Internet-kafe bitta komputer zali, yoshlar kafesi va bolalar maydonchasidan iborat.
• Internet-kafeda bufet, konditsioner mavjud bo‘lib, yoritish va sanitariya holati talab darajasida.

Orphus system