MTS-O‘zbekiston Internet-paketlariga yangi «Internet-3500» paketi qo‘shildi

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi yangi «Internet 3500» Internet-paketi ishga tushirilishini ma‘lum qiladi.

2011 yil 10 oktabrdan boshlab MTS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘z abonentlari uchun 3500Mbayt trafikka ega bo‘lgan yangi Internet-paket taklif etmoqda.

Endi quyidagi Internet-paketlarga ulanish mumkin:

«Abonentlarimiz ham ko‘chirish uchun, ham turli ma’lumotlar olish uchun mobil Internetdan foydalanadi. MTS-O‘zbekiston kompaniyasi mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilarning dolzarb ehtiyojlariga javob berishga intiladi va yangi «Internet 3500» paketini taklif etadi. Ushbu paket mobil Internetga sarflanadigan xarajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

Bitta raqamda bir vaqtda 2 ta «GPRS-paket»ga ulanish mumkin. Har bir paketning amalda bo‘lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Paket narxi unga ulangandan keyin olinadi.

MMS/WAP/GPRS xizmatidan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. Bepul «Sozlab-ol» xizmatining 0876 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot
Tariflar va xizmatlar haqida barafsil ma‘lumot kompaniya saytida: http://www.mts.uz

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system