“Bilayn” – “Toshkent ishga taklif qiladi” vakansiyalar yarmarkasining bosh homiysi
10.10.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori ”Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 14 oktybr kuni “InterContinental” mehmonxonasida o‘tkaziladigan “Toshkent ishga taklif qiladi” Uchinchi Vakansiyalar yarmarkasining bosh homiysi bo‘ladi. Tadbir SuperJob.uz rekruting portali, UJC O‘zbek-yapon inson resurslarini rivojlantirish markazi va A-Club Bitiruvchilar klubi tomonidan Yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazi yordamida tashkil qilinmoqda.

Vakansiyalar yarmarkasi bu yili 25 dan ortiq kompaniya-ish beruvchilarni birlashtiradi. Ular qatorida O‘zbekistonning eng yirik korxonalari ham bor. Yarmarkaga 4000 dan ortiq talabgorlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish ishlari bo‘yicha direktori Marina Ushankova quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn”ning farqli tomoni – uning ochiqligida, shu jumladan xodimlarni tanlashda ham. Bizning barcha vakansiyalarimiz kompaniya saytida aks ettirilgan, biroq bunda biz boshqa HR-vositalardan, jumladan, bizga kadrlar agentligi hamda maxsus saytlar taqdim qilganlardan ham foydalanamiz. Vakansiyalar yarmarkasi – rezyume bankini kengaytirishga, bundan tashqari, yuzlab talabgorlar bilan amalda muloqot qilish, ularning “Bilayn”dagi faoliyatdan kutgan maqsadalini bilib olish hamda mehnat bozoridagi vaziyat haqida dolzarb taassurot olishga bo‘lgan ajoyib imkoniyat”.

14 oktabr kuni “Bilayn” o‘z stendida kompaniyada ochiq bo‘lgan vakansiyalar ro‘yxatini taqdim qilmoqchi: talabgorlarga HR-mutaxassislar bilan blits-intervyu o‘tash va qiziqtirgan savollarni berish imkoniyati taqdim etiladi.

SuperJob.uz portalining Bosh direktori Vitaliy Stolyarov: “Vakansiyalar yarmarkasi – mutlaqo ochiq tadbir: har bir kishi tadbirga kelib, ko‘ngliga yaqin bo‘lgan ishni topishi yoki intervyu o‘tashi, kompaniyalar-ish beruvchilar vakillari bilan muloqot qilishi mumkin. “Bilayn”dan nafaqat homiylik qilayotganligi uchun, balki “Bizga martabani egallashga, ustalikka erishishga ko‘maklashuvchilar haqida” nomli adabiy tanlovini o‘tkazishga yordam berayotganligi uchun minnatdormiz. Ishonmanki, hamkorligimiz ham ikkala kompaniya uchun, ham eng yirik aloqa operatorlaridan birining jamoasining a’zosiga aylanishga imkoni bo‘lgan ko‘plab talabgorlar uchun foydali bo‘ladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq