“USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosi 45000 so‘mga qadar arzonlashtirildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosi arzonlashtirilganligi haqida xabar qiladi. Endilikda atigi 45 000 so‘mga xizmatga ulanish va Huawei E 153U yoki ZTE MF 180S bazali 3G-modemni olish mumkin. Undan 4 000 so‘m abonent balansiga kelajakdagi xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Bozorga yanada yuqori tezlikdagi yangi ZTE MF 190S modeli chiqishi munosabati bilan o‘z o‘rinlarini egallab bo‘lgan devayslarni yana ham arzonroq qilish imkoni paydo bo‘lganligidan xursandmiz. Ishonamanki, bu ularning ommabopligini oshiradi va mamlakatni yanada internetlashtirishda navbatdagi qadam bo‘ladi”.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system