ICTExpo 2011 ko‘rgazmasi tashrifchilari “Bilayn”ga o‘z moyilliklarini bildirdilar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 28-30 sentabr kunlari Toshkent, Buxoro va Farg‘onada bo‘lib o‘tgan ICTExpo 2011 Axborot texnologiyalari yillik milliy ko‘rgazmasining yakunlari haqida xabar beradi.

ICTExpo 2011 faoliyati yakunlari bo‘yicha “Bilayn” stendi ketma-ket ikkinchi yil operatorning eng yangi xizmati va takliflariga haqiqiy qiziqish bildirgan Tashrifchilar moyilligi mukofoti bilan qayd qilindi. Ko‘rgazma ekspertlari va mehmonlarida “Bilayn” texnologiyalari, stendning qat’iy dizayni va kompaniya xodimlarining yuqori malakasi chuqur taassurot qoldirdi.

“Bilayn” uchun bu kabi faxriy o‘rinni egallash katta sharaf hisoblanadi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz mijozlarimiz uchun ishlaymiz va aynan shu mukofot biz uchun eng istalgani edi, bundan tashqari, bir yil oldin xuddi shu nominatsiyada g‘olib bo‘lganmiz. Bizning ekspozitsiya mobil operatorlar stendlaridan birinchi bo‘lib ICTExpo tashrifchilarini kutib oldi va ko‘rgazmaning uch ish kuni davomida biz poytaxtda, Farg‘ona hamda Buxoroda yuz minglab mehmonlarni qabul qildik”.

Eslatib o‘tamiz, bu yili ICTExpo da “Bilayn” Internetga mobil va qo‘zg‘almas keng tarmoqli ulanish xizmatlarini namoyish qilishga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, ilk bor kompaniyaning onlayn- va offlayn-maydonlari birlashtirildi: “Bilayn” stendi tashrifchilari orasida tanlovlar operatorning Facebook eng ommaviy ijtimoiy tarmog‘ining http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasida bo‘lib o‘tdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system