Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun yangi bepul «Baho.uz» xizmati

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, 8005 qisqa raqami orqali «Baho.uz» yangi bepul SMS-xizmati ishga tushirilishini ma‘lum qiladi.

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi «Sunet Technology» kontent-provayderi bilan hamkorlikda yangi «BAHO.UZ» informatsion servisini taqdim etadi, undan foydalangan kompaniya abonentlari SMS orqali farzandlarining maktabda ko‘rsatayotgan natijalari, maktab o‘qituvchilari va ma‘muriyatidan izohlar va uy vazifalari haqida ma‘lumot olishlari mumkin.

«Ko‘pchilik ota-onalar farzandlari ota-onalar majlisi haqida ogohlantirib qo‘ymasligiga, maktabda olgan baholarini yashirishiga, o‘qituvchilar va bolalar o‘rtasidagi aloqadan asossiz nolishiga tez-tez duch keladi. Biz taklif etayotgan servis tufayli abonentlarimiz o‘z farzandlarining tahsil olishida faol ishtirok etishlari, maktabda ular bilan sodir bo‘layotgan voqealar haqida dolzarb ma‘lumot olishlari mumkin», – deb ta‘kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shodmonov.

WEB: http://www.baho.uz

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system