“Bilayn” O‘zbekiston Yoshlar Ekologiya tarmog‘i aksiyasini qo‘llab-quvvatladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbekiston Yoshlar Ekologik tarmog‘ining Botanika bog‘ida o‘tkazilgan aksiyasini qo‘llab-quvvatladi. O‘tgan dam olish kunlari Yoshlar Ekologik harakatining, “Unitel” kompaniyasining va boshqa tashkilotlarning o‘nlab ko‘ngillilari poytaxtdagi Botanika bog‘ida uning hududini tartibga keltirish va obodonlashtirish maqsadida yig‘ildilar.

“Bu kabi qiziqarli va foydali tadbirlarda ishtirok etishdan mamnunmiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Vimpelkom Ltd” kompaniyalar guruhi tarkibida “Eko-ofis” loyihasi mavjud. Shuning uchun ishtirokchilari orasida ko‘plab xodimlarimiz bo‘lgan Ekologik tarmoqning maqsad va vazifalari bizga juda yaqin”.

Aksiyada ishtirok etish uchun “Bilayn”ning Facebook ommaviy ijtimoiy tarmog‘idagi http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasining ishtirokchilari ham jalb etildi.

Batafsil ma’lumot http://ecoport.uz/ saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system