Endilikda “Bilayn” simli Internetining xizmatlariga Toshkentdagi uchta ofisda ulanish mumkin
19.09.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 19 sentabr kunidan boshlab “GolfSTREAM” xizmatiga ulanish Markaziy ofisda, shuningdek, “Bilayn”ning “Chilonzor” va “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatlaridagi xususiy salonlarida amalga oshirilishi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqlar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “qo‘zg‘almas KTU foydalanuvchilarining soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda, shuning uchun biz ADSL va FTTB xizmatlariga ulanish mumkin bo‘lgan shaxobchalar sonini ko‘paytirishga qaror qildik. Endilikda bir yo‘la uchta poytaxt ofislari mutaxassislari “Bilayn” simli Internet abonentlariga xizmat ko‘rsatishga tayyorlar”.

19 sentabrdan boshlab “Xamid Olimjon” metro bekatidagi “Bilayn” ofisi to‘lov qabul qilish funksiyalarini saqlab qolgan holda, yangi shartnomalar tuzish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni bekor qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq